Tekshiruvchi xodimlarga qo‘yiladigan talablar.

Javob: - O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq
Tekshiruvchi mansabdor shaxslarga qo‘yiladigan talablar:
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishlari lozim.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirishiga tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma, shaxsiy guvohnoma va tekshirishlarni o‘tkazish uchun va rejadan tashqari tekshiruv o‘tkazish uchun asoslar mavjud bo‘lgani taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Tekshiruvga auditorlik tashkilotlari va (yoki) ekspertlar jalb etilgani taqdirda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan nazorat qiluvchi organ va auditorlik tashkiloti va (yoki) ekspert o‘rtasidagi shartnomaning ko‘chirma nusxasi albatta taqdim etiladi. Shartnomada auditor va (yoki) ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Auditor va (yoki) ekspert xulosasining to‘g‘riligi va uning Qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun auditorlik tashkiloti va (yoki) ekspertning javobgarligi tuziladigan shartnomaning zaruriy sharti hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvlari va ekspertizalarni o‘tkazish xarajatlari nazorat qiluvchi organlar hisobiga amalga oshiriladi.
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish chog‘ida o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni ko‘rsatish;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlashiga xalal bermaslik;
tekshirishlarni qayd etish daftariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yozib qo‘yish;
davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini ta’minlash;
tekshirishlar natijalarini dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshirish tugagan kuni tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektda qoldirish;
huquqbuzarlik hollari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish.
 

Onlayn murojaat