Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati ustidan davlat nazorati qaysi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi?

Javob: - Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati ustidan davlat nazorati quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi:
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi 717-I–son “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonuni;
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi tomonidan 2006 yil 11 martdagi 06-01-01-son Qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006 yil 6 mayda 1573-son bilan ro‘yxatga olingan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan, tadbirkorlik sub’ektlari - yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom”;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011 yil 7 noyabrda 2280-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2011 yil 7 noyabrdagi 
246-mx-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish tartibi”;
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2011 yil 16 noyabrdagi 343-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan RH 45-028:2011 “Aloqa va axborotlashtirish sohasida davlat nazoratini tashkil qilish va o‘tkazish tartibi” rahbariy hujjat;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 oktyabrdagi PF-3665-son “Tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” va 2015 yil 15 maydagi PF-4725- son “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonlari.

Onlayn murojaat