Tekshirish reja-jadvalini ishlab chiqish tartibi.

Javob: - Nazorat qiluvchi organlar viloyat bo‘linmalari har yili 20 sentyabrgacha Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashi (Kengash) viloyat komissiyalari ishchi organlariga tekshirishlar reja-jadvali loyihasi taqdim etiladi;
- Kengash viloyat komissiyalari ishchi organlari taqdim etilgan tekshirishlar reja-jadvallarini taxlil etadi va kelishilgan tekshirishlar reja-jadvallar loyihalarini 
5 oktyabrgacha nazorat qiluvchi organlar viloyat bo‘linmalariga yuboradi;
- Nazorat qiluvchi organlar viloyat bo‘linmalari kelishilgan tekshirishlar reja-jadvallar loyihalarini 5 oktyabrgacha o‘z markaziy apparatiga taqdim etadi;
- Nazorat qiluvchi organning markaziy apparati umumlashtirilgan tekshirishlar reja-jadvali loyihasini 15 oktyabrgacha Kengash ishchi organiga taqdim etadi;
- Kengash ishchi organi umumlashtirilgan tekshirishlar reja-jadvali loyihasini taxlilini olib boradi va 15 noyabrgacha Kengashga tasdiqlash uchun kiritadi;
- Kengash orqali tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvallari 23 noyabrgacha nazorat qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

 

Onlayn murojaat