"Hisob-kitob" - Agar korxonaning hisob raqami DSI tomonidan vaqtincha harakatdan to'xtatilgan bo'lsa, DSI dan ushbu holatni hal qilib harakatni davom qildirish to'g'risida qaror bankka taqdim qilinsa qancha muddat ichida hisob raqamdan pul ko'chirish mumkin?

“O'zbekiston Respublikasi Bank Depozitorlarining Milliy Axborotlar Bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro'yxatini yuritish tartibi to'g'risida”gi Nizom (ro'yxat raqami 1863, 2008-yil 27-sentyabr)ning 7-bandi talablariga muvofiq soliq organlari tomonidan bankka mijozning hisobvarag'idan operatsiyalarni amalga oshirishni tiklash bo'yicha qaror taqdim qilinganda, ushbu hisobvaraq bo'yicha operatsiyalar keyingi ish kunidan boshlab tiklanadi.

Onlayn murojaat