"Pul muomalasi" - To'lov terminallari qayerlarda o'rnatilgan bo'lishi lozim?

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli qaroriga asosan aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi quyidagi chakana savdo va xizmat ko'rsatish ob'yektlarida to'lov terminali majburiy o'rnatilishi lozim*:

  • aviatsiya va temir yo'llar pattalarini sotish kassalari;
  • avtovokzal va avtostantsiyalar kassalari;
  • avtomobillarga yonilg'i quyish shoxobchalari;
  • mehmonxonalar;
  • kredit tashkilotlari (mikrokredit tashkilotlari, lombardlar), sug'urta tashkilotlari va moliya bozorining boshqa sub'ektlari;
  • turg'un savdo shoxobchalari, shu jumladan, dorixonalar (egallab turgan maydoni o'lchamidan qat'i nazar);
  • umumiy ovqatlanish ob'ektlari;
  • uy-joy-kommunal, shuningdek telefon aloqa xizmatlari, shu jumladan, uyali aloqa telefonlari xizmatlari uchun aholidan to'lovlarni qabul qilish shoxobchalari;
  • avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari;
  • aloqa bo'limlari;
  • maishiy xizmat ko'rsatish hamda madaniy-ommaviy va tomosha tadbirlari o'tkaziladigan ob'yektlar;
  • aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi boshqa xo'jalik yurituvchi sub'yektlar.

*Nazorat-kassa mashinalarini qo'llamagan tarzda, qonunchilikka muvofiq aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshirish huquqiga ega bo'lgan ob'yektlarni istisno qilgan holda.

Onlayn murojaat