"Mehnat huquqlari" - Korxonamizning yangi rahbari jamoa shartnomasida nazarda tutilgan har chorakda beriladagan mukofot pulini mazkur to’lov Mehnat kodeksida majburiy to’lov sifatida nazarda tutilmaganlini ko’rsatib, bir taraflama bekor qildi. Direktorning xatti-harakatlari qonuniymi?

Direktorining xatti-harakatlari noqonuniy bo’lib, ushbu holatda u mehnat qonunchiligini buzgan hisoblanadi. Mehnat kodeksining 4-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, qonunlardagiga nisbatan qo’shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan shartnoma yo’sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin. SHu bilan birga, mazkur moddaning uchinchi qismiga muvofiq, mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning shartlari, agar qonunda boshqa holat ko’rsatilmagan bo’lsa, bir taraflama o’zgartirilishi mumkin emas.

Onlayn murojaat