"Sarmoya" - Kredit bo'yicha garovga qo'yilayotgan mol-mulk qiymati bank tomonidan past bahoda qabul qilinib, natijada garov yetarli emasligi masalasi.

O'zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunining 34-moddasiga asosan banklar qonun hujjatlariga muvofiq ko'char va ko'chmas mulkni garovga qo'yish, kafolat berish, kafillikka olish va majburiyatlar asosida kredit beradilar.

O'zbekiston Respublikasining “Garov to'g'risida”gi Qonunining 10-moddasida garov narsasini baholash garovga qo'yuvchi bilan garovga oluvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra yoki baholash faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan o'tkazish orqali amalga oshirilishi ta'kidlangan.

Shuningdek, Markaziy bankning “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo'yiladigan talablar to'g'risida”gi Nizomning (dav. ro'y. №905, 02.03.2000 y.) 2.7 bandi 2-xatboshisiga asosan kredit siyosati garovga olingan mulk turiga qarab garov mavzuiga nisbatan qo'yiladigan talablar va kreditning garov qiymatiga nisbatini o'z ichiga olishi lozim bo'lib, mazkur bandda garov mavzui sinchiklab baholanishi va uning bozor qiymati uni sotish lozim bo'lgan paytda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan zarar o'rnini qoplashi lozimligi aniq yoritilishi zarur.

Onlayn murojaat