"Bandlik" - Aholining ayrim toifalarini ishga joylashtirish uchun qanday kafolatlar mavjud?

Davlat:

ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo'lmagan shaxslarga, shu jumladan o'n to'rt yoshga to'lmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolg'iz ota, yolg'iz onalarga hamda ko'p bolali ota-onalarga;

o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy o'quv yurtlarining davlat grantlari asosida ta'lim olgan bitiruvchilariga;

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan bo'shatilganlarga;

nogironlarga va pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslarga;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko'ra tibbiy yo'sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslarga;

odam savdosidan jabrlanganlarga qo'shimcha kafolatlarni ta'minlaydi.

Qo'shimcha kafolatlar qo'shimcha ish joylari, ixtisoslashtirilgan korxonalar, shu jumladan nogironlar mehnat qiladigan korxonalar barpo etish, ish o'rgatishning maxsus dasturlarini tashkil etish, korxona, muassasa va tashkilotlarga ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan toifadagi fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralar bilan ta'minlanadi.

Onlayn murojaat