Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash

Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida



(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005 y., 43-44-son ,331-modda; 2012 y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida» 2005 yil 21 sentyabrdagi PQ–186-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma guvohnomalari ularning amal qilish muddati tugagungacha amal qiladi;

ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi amaldagi ruxsatnoma guvohnomalari xo‘jalik yurituvchi sub’ektning taqdim etilgan arizasi hamda ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma guvohnomasi asosida qo‘shimcha yig‘imlarsiz ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga qayta rasmiylashtirilishi mumkin. Qayta rasmiylashtirish muddati ikki ish kunidan ko‘p bo‘lmasligi kerak;

ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma guvohnomalarining amal qilish muddati tugagandan keyin xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar belgilangan tartibda ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini oladilar.
 

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoYeV
Toshkent sh., 2005 yil 5 noyabr,
242-son

Vazirlar Mahkamasining
2005 yil 5 noyabrdagi 242-son qaroriga
ILOVA
Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida

 

NIZOM


I. Umumiy qoidalar


Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa litsenziyalar asosida tovarlarning ayrim turlari bilan ulgurji savdo qiluvchi yuridik shaxslarning ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini olishlari talab etilmaydi.
Tijorat maqsadlarida foydalanish yoki o‘z ishlab chiqarish-xo‘jalik ehtiyojlari uchun hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida xarid qilinadigan tovarlarni sotish ulgurji savdo faoliyati deb e’tirof etiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 44-son, 507-modda)
O‘zbekiston Respublikasining ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya qilish;
eng kam oylik ish haqining kamida 3500 baravari miqdorida, ulardan eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida pul mablag‘lari bilan shakllantirilgan ustav fondining mavjud bo‘lishi;
majburiy tartibda sertifikatlanishi kerak bo‘lgan tovarlar sotilgan taqdirda muvofiqlik sertifikatlari yoki mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda sertifikatlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoxud ularning nusxalari mavjud bo‘lishi.
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanadigan turi ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risida ariza;
b) yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
(10-bandning «b» kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 6-son, 57-modda)
v) eng kam oylik ish haqining kamida 3500 baravari miqdorida ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjatning, shu jumladan eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida pul mablag‘lari kiritilganligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi;
g) litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Litsenziya berish haqida qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari va davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).

bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turi nomi;
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi.
Litsenziyalar blankalarini tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 20 dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya berishni boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 6-son, 57-modda)
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi;
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012 y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 6-son, 57-modda)
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Litsenziya dublikati olish uchun litsenziat litsenziyalovchi organga yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan va litsenziya dublikati berilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan holda dublikat berish to‘g‘risida ariza beradi.
Litsenziya dublikati berishda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziya dublikati berilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Tegishli nazorat qiluvchi organlar litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rashi va olishlari mumkin.
Tekshirishlar natijalari asosida tekshirish dalolatnomasi tuziladi. Buzilishlar aniqlangan taqdirda, tekshirish dalolatnomasida litsenziya talablari va shartlari buzilishlarining aniq holatlari ko‘rsatiladi.
Tekshirish dalolatnomasi nusxasi litsenziyalovchi organga yuboriladi, litsenziyalovchi organ litsenziya talablari va shartlari buzilishi holatlari mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatga litsenziya talablari va shartlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qaror chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi.
Litsenziyaning amal qilishini o‘n kundan ortiq muddatga to‘xtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishi asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
a) litsenziatlar haqidagi asosiy ma’lumotlar, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yuridik shaxsning to‘liq va qisqartirilgan nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi ma’lumotlar (ro‘yxatga olish sanasi, berilgan sanasi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning tartib raqami), pochta manzili, va, mavjud bo‘lgan taqdirda, telefon, faks raqami, elektron pochta manzili;
b) faoliyatning litsenziyalanadigan turi;
v) litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
g) litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
d) litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
e) litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi.
 

(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 6-son, 57-modda)

(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012 y., 6-son, 57-modda)

(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012 y., 6-son, 57-modda)

 

Yuklab olish | Format: .doc | Hajmi: 16.7 KB

Xizmat Reglamenti | Format | .doc | Hajmi: 291 KB

Onlayn murojaat