Tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatga olish bilan bog'liq xizmatlar

Xizmat haqida

Tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatga olish bilan bo'g'liq xizmatlar. Xizmatlar Elektron raqamli imzo bo'lgan holda taqdim etiladi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Tadbirkorlik faoliyati.

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi

Jismoniy shaxslar.

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar

Arizachini pasport nusxasi;
Mulkdorning obyektga nisbatan bo`lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Davlat bojini to`laganlik haqidagi kvitansiya;
Obyektning dastlabki chizmasi nusxasi;
Kadastr hujjatlari nusxalari;
Loyiha hujjatlari nusxalari;
Arxitektor xulosasi nusxasi;
Xususiy turar joy mulkdorlari shirkati raisining bayonnomasi nusxasi;
Oila a’zolari roziligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (notarial tasdiqdan o`tkazilgan).

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida “ 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qarori

Xizmat narxi va to`lash tartibi

Eng kam ish xaqqining 4 baravari miqdorida.

Xizmatni ko`rsatish muddati

2 ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatda.

Natijani olish usullari

Shaxsan tashrif buyurish orqali. Bir vaqtning o'zida taqdim etiladigan hujjatlarning nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi kabinetiga va uning elektron pochtasiga yuboriladi.

Xizmat natijasi

Tadbirkorlik subyektini ro`yxatga olish.

Rad etish sabablari

Xizmatning reglamenti bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etmaslik;
Haqiqiy bo'lmagan hujjatlarni taqdim etish;
Arizada haqoratomuz, tahqirlovchi so'z va iboralarni ishlatish, reklama matnlarining mavjudligi;
Qonunga zid bo'lgan istalgan boshqa hatti-harakatlar.

Shikoyat arizasi berish tartibi

Rad etish hollarida arizachi yuqori turuvchi tashkilotga qonunda ko'rsatilgan tartibda murojaat etishi mumkin.

Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to`g`risidagi  O`zbekiston Respublikasi Qonuni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida pdf.264 Kb

Tadbirkorlik faoliyati  sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to`g`risida pdf. 392 Kb

Yuklab olish doc

Onlayn murojaat