Yuridik shaxs tashkil etgan holda dehqon xo'jaligini ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza

Xizmat haqida

Yuridik shaxs tashkil etgan holda dehqon xo'jaligini ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza. Arizani Elektron raqamli imzo bilan va imzosiz yuborish mumkin.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Tadbirkorlik.

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi

Jismoniy shaxslar.

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar

Bank to'lov hujjatini skaner nusxasi (davlat bojini to'laganligi haqidagi kvitansiya);
O'xshash yoki qisman o'xshash nomlanish yo'qligi haqidagi ma'lumotnomani skaner nusxasi;
Muhr va shtamp chizmalarini skaner nusxasi;
Dehqon xo'jaligi uchun yer ajratish to'g'risida xokim qarorini skaner nusxasi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 maydagi 357-son qarori
O'zbekiston Respublikasining "Dehqon xo'jaligi to'g'risida" Qonuni

Xizmat narxi va to`lash tartibi

Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati

Ikki ish kunidan ortiq bo'lmagan xolda.

Natijani olish usullari

Shaxsan uslubida.Bunda ariza beruvchiga berilayotgan hujjatlar nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi shaxsiy kabinet va elektron pochtasiga jo`natiladi.

Xizmat natijasi

Ro'yxatga oluvchi organ muhri bilan tasdiqlangan yuridik shaxsning davlat ro'yxatiga olinganligi to'g'risidagi guvohnoma, hamda muhr va shtampning eskizlari.

Rad etish sabablari

Xizmat reglamentida ko'rsatilgan xujjatlarni taqdim etmaslik;
Taqdim etilgan hujjatlarning noaniqligi;
Ariza matnida kamsitish va xaqorat iboralari, reklamaning mavjud bo'lishi;
Mavjud qonunchilikka qarshi har qanday xatti-xarakatning bo'lishi.

Shikoyat arizasi berish tartibi

Murojaat rad etilganda ariza beruvchi yuqori tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat etishi mumkin.

Yuklab olish doc

Onlayn murojaat