Fermerlik xo'jaligini ro'yxatdan o'tkazish uchun onlayn tarzda ariza berish

Xizmat haqida

Fermerlik xo'jaligini ro'yxatdan o'tkazish uchun onlayn tarzda ariza berish. Arizani Elektron raqamli imzo bilan va imzosiz yuborish mumkin.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Tadbirkorlik.

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi

Jismoniy shaxslar.

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar

Bank to'lov hujjatini skaner nusxasi (bank kvitantsiyasi nusxasi);
O'xshash yoki qisman o'xshash nomlanish yo'qligi haqidagi ma'lumotnomani skaner nusxasi;
Tuman xokimining fermer xo'jaligini yuritish uchun yer maydoni ajratilganligi to'g'risidagi qarorini skaner nusxasi;
Muhr va shtamp eskizlarini skaner nusxasi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

O'zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida" Qonuni
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 maydagi 357-son qarori

Xizmat narxi va to`lash tartibi

Eng kam ish haqining 1 barorbari.

Xizmatni ko`rsatish muddati

2 ish kunidan ortiq bo'lmagan muddat.

Natijani olish usullari

Shaxsan kelish. Shuningdek beriladigan hujjatlarning nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga va ariza beruvchining elektron manziliga yuboriladi.

Xizmat natijasi

Ro'yxatga oluvchi organ muhri bilan tasdiqlangan yuridik shaxsning davlat ro'yxatiga olinganligi to'g'risidagi guvohnoma, hamda muhr va shtampning eskizlari.

Rad etish sabablari

Xizmat reglamentida ko'rsatilgan hujjatlarni taqdim etmaslik;
Taqdim etilgan hujjatlarning noaniqligi;
Ariza matnida kamsitish va xaqorat iboralari, reklamaning mavjud bo'lishi;
Mavjud qonunchilikka qarshi har qanday xatti-xarakatning bo'lishi.

Shikoyat arizasi berish tartibi

Murojaat rad etilganda ariza beruvchi yuqori tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat etishi mumkin.

Yuklab olish doc

Onlayn murojaat