Davlat organi rahbarlari qabuliga yozilish

Xizmat haqida

"Rahbar qabuliga onlayn tarzda yozilish" xizmati fuqarolarga davlat organlari rahbariyati qabuliga onlayn tarzda yozilish imkoniyatini beradi. Davlat organlari, korxonalari, muassasalarida fuqarolarni rahbar tomonidan qabul qilish tashkilotning ichki tartibi bilan belgilanadi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Barcha sohalar uchun.

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi

Jismoniy shaxslar.

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar

Ko`zda tutilmagan.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi Qonuni

Xizmat narxi va to`lash tartibi

Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati

Bir lahzada.

Natijani olish usullari

Elektron shaklda.

Xizmat natijasi

Davlat organiga tashrif buyurish sanasi va vaqti ko`rsatilgan xabarnomani jo`natilishi.

Rad etish sabablari

Arizani qabul qilishda quyidagi sabablarga asosan rad etilishi mumkin:

Haqiqiy bo'lmagan hujjatlarni taqdim etish;
Arizada haqoratomuz, tahqirlovchi so'z va iboralarni ishlatish, reklama matnlarining mavjudligi;
Qonunga zid bo'lgan istalgan boshqa xatti-harakatlar.

Shikoyat arizasi berish tartibi

Rad etish hollarida arizachi yuqori turuvchi tashkilotga qonunda ko'rsatilgan tartibda murojaat etishi mumkin.

Yuklab olish doc

Onlayn murojaat