Nodavlat ta'lim muassasalarining chet tillarni o'rganish bo'yicha o'quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash

Xizmat Vazirlar Mahkamasining 28.06.2002 yildagi 236-sonli "Foliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g`risida"gi Ozbekiston Respublikasining qonunini amalga oshirish chora-tadbirari haqida qarori 

2013 yil 1 avgustdan boshlab nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.

Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda hududiy komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi hududiy komissiyaning ishchi organi funksiyasini (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) bajaradi.

Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi, litsenziyaning muddati tugagandan keyin belgilangan tartibda uzaytirilishi mumkin.

Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori ishchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  1. litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), ta’lim faoliyatini amalga oshirish joyi manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, shuningdek chet tillarni o‘qitish bo‘yicha kurslar ro‘yxati; 
  2. yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; 
  3. faoliyatning litsenziyalanayotgan turi amalga oshiriladigan binolarga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlarning mavjudligini, shuningdek mazkur binolar (xonalar)ning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;
  4. yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari;
  5. nodavlat ta’lim muassasasi ustavining nusxasi;
  6. o‘quv rejalari va dasturlari;
  7. chet tillarga o‘qitgan hollarda pedagogik kadrlar to‘g‘risida ma’lumot (ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlarning nusxasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan bilimlar darajasi va chet tilini bilish va egallab olganlik darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi malaka sertifikatining nusxalari);
  8. o‘quv jarayonini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moddiy vositalarning (yoki ularni moliyalashtirishning aniq manbai) mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
  9. ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat. 

Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ishchi organga bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi. Hujjatlar ishchi organning mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

Yuklab olish doc

Onlayn murojaat