Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish

 

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini berish tartibi

 

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini berish tartibi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining komissiyalari tomonidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 16 martdagi № 605-sonli «Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish tartibi to'g'risida» qarori hamda "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to`g`risida" gi O'zbekiston Respublikasi qonunining amalga ochirish chora tadbirlari haqida Vazirlar Mahkamasining 15.08.2013 yildagi 225-sonli qarori asosida amalaga oshiriladi.

 

                        Litsenziya olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar:

 

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, u joylashgan joy (pochta manzili), bank muassasasi nomi va bankdagi hisob raqamining tartib raqami ko'rsatilgan holda ruxsat guvohnomasi berilishi to'g'risida ariza;

yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;

shaharlarda - eng kam oylik ish haqining kamida 100 baravari miqdorida va qishloq joylarda hamda chekka tog'li tumanlarda - eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav fondi mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi. Ustav fondi pul mablag'larida shakllantirilgan taqdirda tasdiqlovchi hujjat xizmat ko'rsatuvchi bank tomonidan beriladi. Ustav fondi boshqa mol-mulk bilan shakllantirilgan taqdirda yuridik shaxs ushbu mol-mulkka egalik huquqi, uning qiymati va u ustav fondiga qo'shilganligi haqidagi tasdiqnomani taqdim etadi;

yuridik shaxsda shaharlarda - alohida kiriladigan va kamida 25 kvadrat metrli, qishloq joylarda kamida 15 kvadrat metrli savdo zali maydoni bo'lgan (faqat alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishga mo'ljallangan), chekka tog'li tumanlarda - alohida savdo sektsiyasi bo'lgan, alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotishning sanitariya normalari va qoidalariga (shu jumladan, nazorat-kassa mashinalarini qo'llash shartlariga, moddiy boyliklar to'liq darajada saqlanishi ta'minlanishiga) muvofiq bo'lgan ombor binolari va asbob-uskunalari bo'lgan o'zining yoki ijaraga olingan turg'un savdo shoxobchasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi. Yuridik shaxsda o'z turg'un savdo shoxobchasi mavjud bo'lgan taqdirda ular tomonidan ushbu savdo shoxobchasiga huquqni belgilaydigan hujjat taqdim etiladi. Turg'un savdo shoxobchasi ijaraga olingan taqdirda ijara shartnomasidan tashqari ushbu savdo shoxobchasining ijaraga oluvchiga tegishliligini tasdiqlaydigan huquqni belgilaydigan hujjatning nusxasi taqdim etiladi;

davlat soliq xizmati organi tomonidan berilgan yuridik shaxs tomonidan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish uchun maxsus foydalaniladigan himoyalangan fiskal xotiraga ega bo'lgan nazorat-kassa mashinasi oldindan ro'yxatga o'tkazilganligi to'g'risidagi ma'lumotnoma. Agar yuridik shaxs mazkur Nizomda belgilangan tartibda boshqa tovarlar bilan ham savdo qilgan taqdirda, qo'shimcha ravishda davlat soliq xizmati organining boshqa tovarlar bilan savdo qilish uchun foydalaniladigan nazorat-kassa mashinasi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi ma'lumotnomasi taqdim etiladi;

chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yig'im to'langanligini tasdiqlaydigan bank hujjatining nusxasi.

Yuridik shaxsdan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etish talab qilinishiga yo'l qo'yilmaydi.

Hujjatlar yuridik shaxs tomonidan ishchi organga bevosita yoxud olinganligi ma'lum qilingan holda pochta aloqasi vositasi orqali etkazib beriladi.

Hujjatlar ishchi organning mas'ul shaxsi tomonidan ro'yxat bo'yicha qabul qilinadi, ularning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana to'g'risidagi belgi qo'yilgan holda ariza beruvchiga topshiriladi (yuboriladi).

Qonun hujjatlarida belgilangan taqdim etilgan ma'lumotlarning ishonchliligi uchun yuridik shaxs - ariza beruvchi javob beradi

Ma'lumotni yuklab olish 29,0 KB

Xizmatdan foydalanish tartibi

1-Qadam

Ariza formasining elektron nusxasini yuklab oling.doc  32 KB va printer Qurilmasi yordamida qog'ozda chop eting.

2-Qadam

Ariza shaklini to'ldiring, imzo va muhr qo'ying.

3-Qadam

Arizani skaner qurilmasidan foydalangan holda elektron shaklga o'tkazing. Shuningdek xizmatni ko'rsatish uchun kerakli boshqa hujjalarni ham skaner qurilmasidan foydalangan holda elektron shaklga o'tkazing.

4-Qadam

Elektron shaklga o'tkazilgan ariza va hujjatlarni shaxsiy elektron pochtangizdan foydalangan holda tegishli tuman (shahar) hokimligining elektron pochta manziliga jo'nating:

      
Shahar va tuman hokimiyatlari e-mail
Buxoro shahar hokimligi sh.buxoro@umail.uz
Vobkent timani hokimligi t.Vobkent@umail.uz
Shofirkon tuman hokimligi   t.shofirkon@umail.uz 
Romitan tuman hokimligi t.Romitan@umail.uz
Qorovulbozor tumani hokimligi t.Qorovulbozor@umail.   
Qorako`l tuman hokimligi  t.Qorakul@umail.uz
Peshku tumani  hokimligi t.Peshku@umail.uz
Olot  tuman hokimligi t.Olot@umail.uz
Kogon shahar  hokimligi sh.Kogon@umail.uz
Jondor tumani hokimligi t.Jondor@umail.uz
G`ijduvon tuman hokimligi t.Gijduvon@umail.uz
Kogon tuman hokimligi  t.Kogon@umail.uz

       

XIZMAT REGLAMENTI.doc 307 KB

Yuklab olish doc

Onlayn murojaat