Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish

Xizmat "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to`g`risida" gi O'zbekiston Respublikasi qonunining amalga ochirish chora tadbirlari haqida Vazirlar Mahkamasining 15.08.2013 yildagi 225-sonli qarori asosida amalga oshiriladi 

Ruxsat guvohnomasi har bir umumiy ovqatlanish ob’ekti uchun arizada ko‘rsatilgan muddatga, lekin ko‘pi bilan ikki yil muddatga beriladi

Ruxsat guvohnomasi olish uchun umumiy ovqatlanish korxonasi o‘zi joylashgan joydagi ishchi organga (tuman va shahar hokimliklari) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  1. ruxsat guvohnomasi olish uchun ariza, unda umumiy ovqatlanish korxonasining tashkiliy-huquqiy shakli va nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bankning nomi va bankdagi hisob-kitob raqami ko‘rsatiladi;
  2. umumiy ovqatlanish korxonasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
  3. ruxsat guvohnomasi olish uchun ariza berish vaqtiga kelib shaharlarda — eng kam oylik ish haqining kamida 100 baravari miqdorida hamda qishloq joylarda va uzoq tog‘li tumanlarda — eng kam oylik ish haqining kamida 50 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav fondining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi. Agar ustav fondi pul shaklida shakllantirilgan bo‘lsa — bu to‘g‘ridagi tasdiqlovchi hujjat xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan beriladi. Ustav jamg‘armasi boshqacha mulk bilan shakllantirilgan taqdirda ushbu mulkka egalik huquqini, uning qiymatini va uning ustav fondiga kiritilishini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi;
  4. xizmat ko‘rsatuvchi bankning bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
  5. arizada ko‘rsatilgan muddatga muvofiq ruxsat guvohnomasi berilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi.  

Matnni ko`chirib olish 16KB

XIZMAT REGLAMENTI.doc.371KB

Onlayn murojaat