Xaj va Umra ziyoratiga borishni tashkil etish tartibi to’g’risisda axborotlar taqdim etish, ularni tashkil qilish bo’yicha fuqarolar arizalarini qabul qilish

Xaj va Umra ziyoratiga borishni tashkil etish tartibi to’g’risisda axborotlar taqdim etish, ularni tashkil qilish bo’yicha fuqarolar arizalarini qabul qilish

uxoro viloyati fuqarolari diqqatiga!

Haj safariga borish uchun ro‘yhatga olish va rasmiylashtirish tartibi hamda vazifalar.

Haj safariga borish uchun navbat ro‘yxatiga kirish bo‘yicha fuqarolar doimiy turar joyidagi mahalla fuqarolar yig‘iniga murojaat etishi lozim.

Mahalla fuqarolar yig‘inlariga fuqarolarni Haj safariga borish istagida bo‘lgan fuqarolarni ro‘yxatga olishda quyidagi vazifalar yuklatilgan:

- fuqaro Haj safariga borish uchun ariza bilan mahalla fuqarolar yig‘iniga murojaat etish va unga 2 ta (3,5 x 4,5 hajmda) fotosurat, pasport nusxasini ilova qilish;

- mahalla fuqarolar yig‘ini huzuridagi Haj komissiyasi fuqaro tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqish;

- yil davomida Haj safariga borish bo‘yicha murojaat etgan fuqarolarni mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan tikilgan, raqamlangan, muhrlangan, imzolangan daftarga tartib asosida ro‘yxatga olish, unda ro‘yxatga faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qayd etish hamda doimiy istiqomat qiladigan manziliga ko‘ra olish;

- mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan maxsus tikilgan, raqamlangan, muhrlangan daftardan ketma-ketlikda tuman Haj jamoatchilik Kengashiga berilgan kvotaga asosan tavsiya qilish.

Mahalla fuqarolar yig‘ini haj safariga borish uchun tavsiya etishda quyidagilarni amalga oshiradi:

- belgilangan kvotaga va maxsus tikilgan, raqamlangan, muhrlangan daftardagi navbatga rioya etish;

- ro‘yxatga Haj safariga bormagan hamda 40 yoshdan oshgan fuqarolarni tavsiya etish;

- tavsiya etilayotgan fuqaroning salomatligi bo‘yicha oilaviy poliklinika va tibbiyot muassasalarining xulosalarini olish;

- tavsiya etishda mahalla fuqarolar yig‘inida arizachilar ishtirokida muhokama qilish;

- ayollarni tavsiya etishda mahram masalasiga e’tibor berish;

(Izoh: 46 yoshgacha bo‘lgan ayol kishi uchun mahram qoida tariqasida otasi, akasi, ukasi, turmush o‘rtog‘i, o‘g‘li bo‘lishi mumkin hamda Saudiya Aribistoni Podshohligining talabiga asosan 46 yoshdan oshgan ayoldan mahram talab etilmaydi).

- tavsiya etilgan fuqaroning tegishli hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib, tuman Haj jamoatchilik Kengashiga taqdim etish.

Tuman Haj jamoatchilik Kengashining vazifalari:

- mahalla fuqarolar yig‘inlari huzuridagi Haj komissiyasi ishini muvofiqlashtirish, uslubiy yordam berish va adolat mezonlari buzilmasligini nazorat qilish;

- Buxoro viloyati Haj jamoatchilik Kengashi tomonidan berilgan kvotani mahallalarga taqsimlash;

- mahalla fuqarolar yig‘ini huzuridagi Haj komissiyasi tomonidan belgilangan kvotaga asosan tavsiya etilgan fuqarolarning hujjatlarni olish va umumlashtirish;

Yuklab olish 20,3 KB

Ariza Umra 16,3 KB

Ariza Haj  38 KB

XIZMAT REGLAMENTI doc. 200KB

Onlayn murojaat