Murojaatlarni ko'rib chiqish

Xizmat haqida

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega.

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi

Jismoniy va yuridik shaxslar.

Bog`lanish

Barcha davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar

Murojaatlarda fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan ariza, taklif yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan bo'lishi kerak. Yozma murojaatlarda murojaat etuvchining imzosi bo'lishi lozim.

Murojaatga shaxsiy imzo qo'yish imkoni bo'lmagan taqdirda, bu murojaatlar uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ham yozib qo'yiladi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi Qonuni

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgust "Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o'zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 181-son

Xizmat narxi va to`lash tartibi

Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati

Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo'lgan muddat ichida ko'rib chiqiladi, qo'shimcha o'rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o'n kunlik muddat ichida ma'lum qilinadi.

Natijani olish usullari

Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlari ularda qo'yilgan masalalarni hal etish vakolat doirasiga kiradigan davlat organiga bevosita yoki bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.

Fuqaro ariza, taklif va shikoyatni shaxsan berishga, shuningdek bu boradagi vakolatni o'z vakiliga berishga yoki murojaatini aloqa vositalari orqali yuborishga haqli.

Voyaga yetmaganlar hamda muomalaga layoqatsiz shaxslar manfaatlarini ko'zlab ariza, taklif va shikoyat ularning vakillari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.

Xizmat natijasi

Fuqaroning murojaatini ko'rib chiqqan davlat organi unga murojaatni ko'rib chiqish natijalari to'g'risida va qabul qilingan qarorning mohiyati haqida yozma shaklda xabar qilishi shart.

Rad etish sabablari

Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilmagan yoki u haqda soxta ma'lumotlar ko'rsatilgan murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko'rib chiqilmaydi.

Shikoyat arizasi berish tartibi

Ariza yoki shikoyat yuzasidan qaror qabul qilgan davlat organining mansabdor shaxsi, agar fuqaro qarorga rozi bo'lmasa, unga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.

1.    Buxoro viloyati hokimligi apparatida fuqarolarning og’zaki, yozma shakldagi ariza, yoki elektron (xat bilan info@buxoro.uz elektron pochtaga yoki «Murojaat qilish» sayt bo’limidan), taklif va shikoyatlar bilan ishlash xamda fuqarolarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida»gi Qonuni va Qoraqalpog’iston Respublikasi «Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida»gi Qonuni asosida amalga oshiriladi.

2.    Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash uchun mas’uliyat Buxoro viloyati hokimi, o’rinbosarlari, umumiy bo’lim, gurux va boshqarma rahbarlari, kotibiyat mudirlari zimmasiga yuklanadi.

3.    Buxoro viloyati hokimligida fuqarolar Buxoro viloyati hokimi, hokimi o’rinbosarlari,Buxoro viloyati hokimligi kotibiyatlari, bo’lim, boshqarma va guruh rahbarlari tomonidan fuqarolarni qabul qilish xonasida qabul qilinadi. Fuqarolarni qabul qilish jadval asosida amalga oshiriladi. Qabul jadvali fuqarolar e’tiboriga yetkaziladi.

4.    Buxoro viloyati hokimi va hokimi o’rinbosarlari tomonidan fuqarolar xududlarda maxsus jadval asosida sayyor qabul qilinadi.

5.    Har bir fuqaroning qabulidan so’ng qabul varaqalari rasmiylashtiriladi. Unda qabul qilingan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, anik istiqomat qiladigan joyi, murojaatning qisqacha mazmuni yozib qo’yiladi. Qabul varaqasi umumiy bo’limda ro’yxatdan o’tkaziladi. Qabulda ko’tarilgan muammo hal etish uchun tegishli ijrochilarga yuboriladi va uning nazorati Buxoro viloyati hokimligi apparatining tegishli bo’linmasi va umumiy bo’lim rahbarlari tomonidan shaxsan nazorat qilinadi.

6.    Fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish uchun mas’uliyat Buxoro viloyati hokimligi apparati ishlar boshqaruvchisi hamda umumiy bo’lim mudiri zimmalariga yuklatiladi.

7.    Umumiy bo’lim mudiri Buxoro viloyati hokimligiga kelgan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilib oladi, mazmuniga qarab Buxoro viloyati hokimi topshirig’i loyihasini tayyorlaydi va shaxsanBuxoro viloyati hokimi ko’rib chiqishi uchun takdim etadi. Buxoro viloyati hokimi tomonidan murojaatni o’rganish bo’yicha berilgan topshiriq umumiy bo’limda ro’yxatdan o’tkaziladi va tegishli ijrochilarga yetkaziladi. Ushbu jarayon umumiy bo’lim mudiri tomonidan shaxsan nazorat qilinadi. Buxoro viloyati hokimi o’rinbosarlari yoki Buxoro viloyati hokimligi apparatining umumiy bo’limi, gurux va boshqarma rahbarlari, kotibiyat mudirlari nomiga kelgan murojaatlar ham umumiy bo’lim mudiri tomonidan xuddi shu tartibda rasmiylashtiriladi va nazoratga olinadi.

8.    Fuqarolarning murojaatlarini o’rganib chiqish uchun Buxoro viloyati hokimi yoki ushbu murojaat ko’rib chikish uchun yuborilgan hokimi o’rinbosari tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilishi mumkin.

9.    Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo’lgan muddat ichida ko’rib chiqiladi, ko’shimcha o’rganish talab etiladigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o’n kunlik muddat ichida mu’lum qilinadi.

10.  Ariza va shikoyatlar Buxoro viloyati hokimligiga tushgan kunidan e’tiboran bir oygacha bo’lgan muddat ichida, qo’shimcha o’rganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza va shikoyatlar esa o’n besh kundan kechiktirmay ko’rib chiqiladi.

11.  Ariza yoki shikoyatni ko’rib chiqish uchun tekshirish o’tkazish, qo’shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko’rish zarur bo’lgan hollarda, ariza yoki shikoyatni ko’rib chiqish muddati Buxoro viloyati hokimi tomonidan istisno tariqasida uzog’i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma’lum qilinadi.

12.  Buxoro viloyati hokimligiga qabulga kelgan fuqarolarga murojaatlari bo’yicha o’sha paytda tushuntirish beriladi, masalaning mohiyatiga qarab uning ko’rib chiqilishi natijalari to’grisida murojaat mualliflariga yozma shaklda xabar berilishi ham mumkin.

13.  Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to’grisidagi ma’lumotlar ko’rsatilmagan yoki у haqda soxta ma’lumotlar ko’rsatilgan, shuningdek imzo qo’yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko’rib chiqilmaydi.

14.  Fuqarolarning murojaatlarida qo’yilgan masalalarni hal etish Buxoro viloyati hokimligining vakolatiga kirmaydigan bo’lsa, uzog’i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo’natiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi.

15.  Umumiy bo’lim mudiri har kunning oxirida fuqarolarning murojaatlarini ro’yxatdan o’tkazish va ular bilan olib borilgan ishlarni tahlil qiladi, qonun buzilish holatlariga yo’l qo’ymaslik choralarini ko’radi. Oy yakunlari bo’yicha Buxoro viloyati hokimligiga fuqarolardan kelgan murojaatlarni umumlashtiradi va ularni mazmuni bo’yicha tahlil qiladi.

Onlayn murojaat